ACT® imtihonida qanday qilib qo'shimcha vaqt olish mumkin: Ota-onalar uchun bosqichma-bosqich qo'llanma
Read time: 11 min · Last updated: June 22, 2026
Agar o'g'lingiz yoki qizingizda o'rganishda biror o'ziga xoslik bo'lsa (DIQQAT etishmasligi va giperaktivlik sindromi (DEGS/ADHD), disleksiya, xavotirlik yoki boshqa hujjatlashtirilgan holat), ACT® testida qo'shimcha vaqt olish siz murojaat qilishingiz mumkin bo'lgan eng qimmatli imtiyozlardan (accommodations) biri bo'lishi mumkin. To'g'ri bajarilganda, bu talabaning balini sezilarli darajada o'zgartirishi mumkin. Noto'g'ri yoki juda kech bajarilsa, u umuman amalga oshmaydi.
Men professional repetitorman. Farzandingizga ACT® testida qo'shimcha vaqt olish uchun eng yaxshi imkoniyatni berish maqsadida tartib bilan nima qilishingiz kerakligi quyida keltirilgan.
ACT® testida qo'shimcha vaqt nima?
ACT® testi — vaqti qat'iy belgilangan imtihon. Ko'pchilik talabalarga quyidagi vaqt ajratiladi:
- Ingliz tili: 45 daqiqa
- Matematika: 60 daqiqa
- O'qish: 35 daqiqa
- Tabiiy fanlar: 35 daqiqa
Imtiyozlarga huquqi bo'lgan talabalar 50% uzaytirilgan vaqt olishlari mumkin — bu har bir bo'limga standart vaqtdan 1,5 baravar ko'p vaqt ajratilishini anglatadi. Ba'zi talabalar 100% uzaytirilgan vaqtga haqli bo'lib, bu vaqtni ikki baravarga oshiradi. Boshqa shart-sharoitlar ham mavjud — alohida imtihon xonalari, tanaffuslar va hokazo — lekin qo'shimcha vaqt eng ko'p so'raladigan va eng samarali chora hisoblanadi.
Qo'shimcha vaqt oliy o'quv yurtlariga yuboriladigan ballar to'g'risidagi hisobotlarda ko'rsatilmaydi. Universitetlar talabaning imtihonni alohida sharoitlarda topshirganini ko'ra olmaydi.
Kimlar qo'shimcha vaqt olish huquqiga ega?
ACT® hayotiy muhim faoliyatni (ushbu holatda standartlashtirilgan imtihon topshirishni) sezilarli darajada cheklaydigan, hujjat bilan tasdiqlangan imkoniyati cheklangan talabalarga imtiyozlar taqdim etadi. Bunday holatlarga ko'pincha quyidagilar kiradi:
- ADHD (Diqqat etishmasligi va giperaktivlik buzilishi)
- Disleksiya va o'qish bilan bog'liq boshqa o'rganish qiyinchiliklari
- Axborotni qayta ishlash tezligining buzilishlari
- Xavotirlanish buzilishlari (Anxiety disorders)
- Autizm spektri buzilishlari
- Yozishga yoki jismoniy chidamlilikka ta'sir qiladigan jismoniy cheklanishlar
- Ko'rish yoki eshitish qobiliyatining buzilishlari
Kalit so'z — "hujjat bilan tasdiqlangan". Faqat ota-onaning bolasi qiynalayotganiga bo'lgan isonchi yetarli emas. Vaziyatni aniqlab, imtiyozlarni tavsiya qilgan malakali mutaxassisning rasmiy, yaqin oradagi baholashi bo'lishi zarur.
Bosqichma-bosqich jarayon
1-qadam: Psixologik-pedagogik baholashdan o'ting
Bu eng muhim qadam va u birinchi navbatda bajarilishi kerak. Qolgan hamma narsa shunga bog'liq.
Psixologik-pedagogik baholash (Psychoeducational evaluation) — litsenziyaga ega psixolog yoki neyropsixolog tomonidan o'tkaziladigan majmuaviy tekshiruv. U kognitiv qobiliyatni, akademik o'zlashtirishni, qayta ishlash tezligini, ishchi xotirani va boshqalarni tekshiradi. Baholovchi tashxisni hujjatlashtiradigan batafsil hisobot tayyorlaydi va eng muhimi, aniq imtiyoz sharoitlarini tavsiya qiladi.
Yodda tutish kerak bo'lgan bir nechta narsa:
Tekshiruv yaqin orada bo'lgan bo'lishi kerak. ACT® odatda test hujjatlarining uch-besh yildan oshmasligini talab qiladi. Yuqori sinf o'quvchilari uchun bu o'rta maktabda (middle school) o'tkazilgan baholash imtihon kuniga kelib haqiqiy bo'lmasligi mumkinligini anglatadi. Eski hujjatlarga ishonishdan oldin ACT® ning hozirgi talablarini tekshiring.
Baholash aniq bo'lishi kerak. ADHD kabi ba'zi o'rganish xususiyatlari uchun maktabdagi testlarda faqat ko'proq vaqt kerak bo'lishi ACT imtihonida qo'shimcha vaqt olish uchun yetarli emas. ACT® ning shaxsiy diagnostika hujjatlari mezonlariga muvofiq, tekshiruv quyidagilarni ko'rsatishi kerak:
Amaldagi DSM-IV yoki DSM-5 mezonlarining soni va bu mezonlarning imtihon topshiruvchini qanday cheklashi to'g'risida tavsif (masalan, akademik o'zlashtirishdagi, ijtimoiy hayotdagi, sportdagi, to'garaklardagi, bandlikdagi, klublardagi, kundalik moslashishdagi va/yoki ijro etuvchi funktsiyalardagi o'lchanadigan buzilishlar. Vaqti cheklangan testlarni vaqtida yakunlay olmaslik funktsiyalarning buzilishini isbotlash uchun alohida tarzda qo'llanilishi mumkin emas).
Masalan, ADHD bor talabalar imtiyoz so'rashadi, chunki ularning o'rganish xususiyati hayotlarining ko'p qismiga yoki har bir sohasiga ta'sir qiladi. Baholashda bu aks etganiga ishonch hosil qiling — arizaning ma'qullanishi yoki rad etilishi shunga bog'liq bo'lishi mumkin.
IEP yoki 504 rejasining mavjudligi yordam beradi, lekin bu avtomatik ravishda yetarli emas. Ko'p ota-onalar farzandida maktabda IEP yoki 504 rejasi borligi sababli, ACT® avtomatik ravishda alohida sharoitlar beradi deb o'ylashadi. Unday ishlamaydi. IEP yoki 504 rejasi — maktabning ichki hujjatlari. ACT® — o'zining tasdiqlash jarayoni bo'lgan alohida tashkilot.
Tekshiruvdan qayerda o'tish mumkin: Farzandingizning maktabi maxsus ta'lim bo'limi orqali tekshirish imkoniyatini taklif qilishi mumkin. Bundan tashqari, bunday tekshiruvlarni xususiy neyropsixologlar o'tkazadilar. Ko'p hollarda xususiy ekspertizalar batafsilroq bo'ladi. Ular qimmat bo'lishi mumkin — agar ilgari hech qanday tarix bo'lmasa, noldan boshlansa, ko'pincha 2000 dan 4000 dollargacha turadi. Ba'zi sug'urta rejalari bu xarajatlarning bir qismini qoplaydi, universitet o'quv klinikalari esa ba'zan arzonlashtirilgan narxlarda tekshirishni taklif qiladi.
2-qadam: Maktabda imtiyoz sharoitlarini tasdiqlang
Tekshiruv yakunlangandan keyin farzandingizning maktabi bilan birgalikda tavsiya etilgan sharoitlar kiritiladigan rasmiy 504 rejasini yoki IEP yaratish bo'yicha ishlang. Aniqroq aytganda, rejada testlarni bajarishga vaqtni uzaytirish to'g'risida band bo'lishi kerak.
Bu qadam ACT® tomonidan ma'qullash jarayoni uchun aniq sabab bilan muhim. ACT® talabaning maktabda imtiyoz sharoitlarini olayotganiga katta ahamiyat beradi. Agar maktab o'quvchiga qo'shimcha vaqt berib, u undan foydalangan bo'lsa, bu tizimni aldash maqsadida so'nggi lahzada qilingan ariza emas, barqaror, shakllangan ehtiyojni ko'rsatadi.
Lekin maktabdagi nazorat ishlaridagi qo'shimcha vaqtning o'zi o'quvchiga rasmiy imtihonda qo'shimcha vaqt olishga huquq bermaydi — o'rganish xususiyatlari bolangizning hayotining har bir qismiga ta'sir qilishi kerak. Unday bo'lsa, ekspertiza natijalarida bu aniq ko'rsatilganiga ishonch hosil qiling.
Imtiyozlar qanchalik erta joriy etilsa, shunchalik yaxshi. Eng to'g'risi, farzandingiz ACT® ga murojaat qilishdan kamida bir yil oldin maktabda ushbu imtiyozlarni olishi kerak. Bu har doim ham mumkin bo'lmasa-da, tajribaning bo'lishi ma'qullash jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi.
3-qadam: ACT® imtiyoziga maktab orqali ariza bering
Ko'p ota-onalarning bilmaydigan narsasi: ACT® alohida sharoitlarini olishga arizani ota-ona yoki o'quvchi emas, har doim maktab beradi.
Jarayon quyidagicha bo'ladi:
- Maktab tayinlagan ACT® koordinatori (odatda maktab psixologi yoki maxsus ta'lim koordinatori) arizani ACT® onlayn portali orqali yuboradi.
- Ushbu yuborish doirasida hujjatlar — psixologik-pedagogik baholash hisoboti va amaldagi 504 rejasi yoki IEP yuklanadi.
- ACT® so'rovni ko'rib chiqadi va uni tasdiqlaydi, yoki qo'shimcha axborot so'raydi, yoki arizani rad etadi.
Ata-ona sifatida sizning vazifangiz — maktabning bu qadamning zarurligini bilishiga, to'g'ri hujjatlarning borligiga va so'rovni vaqtida yuborishiga ishonch hosil qilish.
4-qadam: Vaqt doirasini tushuning
Bu yerda vaqt hamma narsani hal qiladi. ACT® imtiyoz to'g'risidagi so'rovlarning har bir aniq test kuniga rasmiy ro'yxatdan o'tish tugagunga qadar berilishini talab qiladi. Bu oxirgi muddat odatda imtihongacha taxminan besh hafta oldin keladi.
Eng muhimi, ko'rib chiqish jarayonining o'zi uzoq vaqt olishi mumkin. ACT® so'rovlarni oldindan — bir necha hafta oldin emas, ideal holatda rejalashtirilgan test kunidan bir necha oy oldin yuborishni tavsiya qiladi.
Teskari tartibda hisoblash mumkin bo'lgan real jadval mana:
- Test kuni: Farzandingiz ACT® topshirishni rejalashtirayotgan kun
- Ariza topshirishning oxirgi muddati: Test kunidan taxminan 5 hafta oldin (aniq kunni ACT® saytidan aniqlang)
- Ko'rib chiqishga vaqt qoldiring: ACT® ko'rib chiqish jarayoni bir necha haftaga cho'zilishi mumkin
- Maktabda ishlov berish vaqti: Maktablarga hujjatlarni yig'ib, yuborish uchun vaqt kerak
- Tekshiruvning yakunlanishi: Psixologik-pedagogik baholashni tayinlash va o'tkazish bir necha haftaga cho'zilishi mumkin, yozma hisobotni tayyorlash esa — qo'shimcha vaqt oladi
Shularning hammasini qo'shsangiz, bu jarayonni imtihon kunidan kamida uch-to'rt oy olden boshlash kerakligini tushunasiz. Olti oy olden boshlash undan ham yaxshi, ayniqsa bolangizda hali rasmiy xulosa yoki 504/IEP rejasi yo'q bo'lsa.
5-qadam: Statusni kuzating va rad etilgan taqdirda nima qilish kerakligini biling
So'rov yuborilgandan keyin hujjatlarning muvaffaqiyatli yuborilganini tasdiqlash uchun maktabga xabar bering. So'ngra ACT® qarorini kuting.
Ma'qullangan taqdirda: Farzandingiz berilgan aniq shartlar ko'rsatiladigan Talabaning ruxsat xatini (Student Authorization Letter) oladi. Talaba uni test kuni ko'rsatadi. Test markazi sizning shartlaringizdan oldindan xabardor ekanligiga ishonch hosil qiling.
Rad etilgan taqdirda: ACT® o'z qarorining asosini taqdim etadi. Ko'p uchraydigan sabablar — hujjatlarning yetarsizligi, juda eski hujjatlar yoki tasdiqlangan maktab imtiyoz sharoitlarining yo'qligi. Siz rad etish qaroriga shikoyat qilishingiz mumkin (appeal). Apelyatsiya jarayoni rad etishning aniq sababini bartaraf etadigan qo'shimcha hujjatlarni topshirishni nazarda tutadi.
Agar rad etish qarori hujjatlarning sifatiga bog'liq bo'lsa, yanada batafsilroq xususiy baholash apelyatsiyani kuchaytirishi mumkin. Imtihonning standart muhitida farzandingiz duch keladigan aniq funktsional cheklanishlar bilan tashxisni hisobot to'g'ridan-to'g'ri bog'layotganiga ishonch hosil qilish uchun baholashni olib borgan psixolog bilan birga ishlang.
Repetitorlik tajribamdan amaliy maslahatlar
Zarur deb o'ylaganingizdan vaqtliroq boshlang. Men bu jarayonni test kuniga uch hafta qolganda boshlagan oilalarni ko'rdim. Bu vaqt juda oz. Jarayon bir necha bosqichdan iborat, ularning har birining o'z vaqt doirasi bor va kechikishlar tez-tez bo'lib turadi.
Maktab hamma narsani avtomatik ravishda qiladi deb o'ylamang. Maktablar ko'plab o'quvchilar bilan ishlaydi. Farzandingizning maktab psixologi bilan va maxsus ta'lim koordinatori bilan tig'iz aloqada bo'ling. Har bosqichda yozma tasdiqni so'rang.
Qo'shimcha vaqtni strategik tarzda foydalaning. Qo'shimcha vaqtni ma'qullatish bir bo'lek, undan to'g'ri foydalanish mutlaqo boshqa narsa. O'qish bo'yicha ACT® testi, masalan, talabalar uchun vaqt jihatidan eng qattiq bosim bo'ladigan bo'lim hisoblanadi, shuning uchun qo'shimcha vaqt odatda eng sezilarli natija beradi. Shartlar tasdiqlangan zahoti, farzandingiz ushbu qo'shimcha daqiqalardan samarali foydalanishni o'rganish uchun uzaytirilgan vaqtni hisobga olgan holda tayyorlanishi kerak.
ACT® — yagona test emas. SAT® ning College Board orqali o'zining alohida imtiyoz jarayoni bor. ACT® uchun ma'qullangan shartlar avtomatik ravishda SAT® ga o'tmaydi. Agar farzandingiz ikkala testni ham topshirishni rejalashtirsa, sizga har bir tashkilotga alohida ariza topshirishga to'g'ri keladi.
Universitetlar hech narsa bilmaydi. Yuqorida aytilganidek, ballar hisoboti talabaning alohida sharoitlarda imtihon topshirganini ko'rsatmaydi. U yerda hech qanday belgilar ham, yulduzchalar ham, izohlar ham yo'q. Farzandingizning bali — shunchaki ballar.
Etika to'g'risida eslatma
Ba'zi oilalar testda afzalliklarga ega bo'lish uchungina tekshiruvdan o'tadilar. Imtiyoz sharoitlarini taqdim etish jarayoni real, hujjatlashtirilgan ehtiyojlari bo'lgan talabalar uchun ishlab chiqilgan. Qonuniy ekspertiza nima topganini ko'rsatadi: agar ma'lumotlar imtiyoz zarurligini tasdiqlasa, u tavsiya etiladi. Olay unday bo'lmasa, tavsiya etilmaydi. Bu jarayon bolangizning o'z qobiliyatining real darajasini ko'rsatishi uchun zarur sharoitlarga kirishini ta'minlashga qaratilishi kerak.
College Board tomonidan 2003-yilda o'tkazilgan tadqiqot qo'shimcha vaqtni talab qilmagan, lekin uni olgan talabalarning natijalari statistik turdan yaxshilanmaganini ko'rsatdi:
«qo'shimcha vaqtni talab qilmagan talabalar uzaytirilgan vaqt berilganda verbal bo'lim (CR) bo'yicha 10 balldan, matematika bo'yicha esa 20 balldan ortiq natijalarini yaxshilay olmadilar, o'rganish qobiliyati buzilishi tashxisi qo'yilgan talabalar esa qo'shimcha vaqt evziga verbal bo'lim (CR) bo'yicha 45 ballga, matematika bo'yicha esa 38 ballga o'z natijalarini oshirdilar».
Xulosa
ACT® da qo'shimcha vaqt olish — bu yakunlanishiga bir necha oy kerak bo'ladigan ko'p bosqichli jarayon. Qisqacha versiyasi quyidagicha:
- Litsenziyaga ega psixologdan psixologik-pedagogik baholash oling
- 504 rejasi yoki IEP orqali maktabda imtiyoz sharoitlarini tasdiqlang
- Maktab orqali ACT® tashkilotiga imtiyoz so'rovini yuborishni uyushtiring
- Butun jarayonga kerakli test kunigacha bo'lgan uchdan olti oygacha vaqtni rejalashtiring
- Progresni kuzating va rad etilgan taqdirda apelyatsiyaga bering
Agar bolangizda hujjatlashtirilgan o'rganish xususiyatlari bo'lsa, lekin u hech qachon baholanmagan bo'lsa, bu jarayonni qanchalik erta boshlasangiz, shunchalik yaxshi. ACT® imtihonining o'zi ham yetarli darajada murakkab. Real ehtiyojlari bo'lgan talabaning uni oshi ehtiyojlar hisobga olinmagan vaziyatda topshirishiga hech qanday sabab yo'q.
Ehtimoliy variantlar haqida batafsilroq tushunchaga ega bo'lish uchun, imtihonga tayyorlanayotgan oilalar uchun Ata-onalar ko'pchiligi ACT imtiyozlari haqida nimalarni bilmaydi materiali bilan tanishing, u daxldor ma'lumotlar to'plamimizning bir qismidir oilalar uchun ichki ma'lumotlar sahifasiga o'ting.